Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimida qoʻllanayotgan zamonaviy texnikalar bilan tanishdi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 7-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib koʻrdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu markaz Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal ta’mirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

Bunda «Е-Jamoat xavfsizligi», «Е-Ijtimoiy vaziyat» kabi dasturlar, yoʻl harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash xizmatlarining yagona axborot tizimlari hamda 6 mingdan ziyod «aqlli» kuzatuv kameralari integratsiyasi qoʻl kelmoqda.

Shuningdek, prezidentning 2021-yil 29-noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi boʻyicha strategiyada 2025-yil yakuniga qadar tizimni raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish belgilangan. Tashrif chogʻida davlatimiz rahbariga shu borada axborot berildi. Bu jarayon uch bosqichda amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda muammolar oʻrganilib, ikkinchisida shu asosida mutaxassislar va dasturlar tayyorlandi. Jumladan, 66 ta axborot tizimi va modullari ishlab chiqildi. Ularga vazirlik va idoralarning 77 ta hamda Ichki ishlar vazirligining 25 ta axborot tizimi integratsiya qilindi. Jamoat xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari 18 mingdan ziyod planshetlar bilan ta’minlandi hamda raqamli qurilmalardan samarali foydalanish boʻyicha oʻqitildi.

Uchinchi bosqichda ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etib, sohaga sun’iy intellektni keng joriy qilish, uskunalarni mahalliylashtirish kabi maqsadlar qoʻyilgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston prezidentiga Turkiyaning oliy davlat mukofoti topshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek