Telegram “Yulduzlar” raqamli valyutasini sotuvga chiqardi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Ularni Apple va Google do‘konlarida ilova ichidagi xaridlar yoki PremiumBot boti orqali xarid qilish mumkin
Rasm: Reuters

Telegram messenjeri ekotizimdagi raqamli tovar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan «Yulduzlar» raqamli valyutasini ishga tushirdi. «Yulduzlar»ni Apple va Google do‘konlarida ilova ichidagi xaridlar yoki PremiumBot boti orqali xarid qilish mumkin.

Sotib olingan «Yulduzlar»ni Telegram platformasidagi elektron kitoblar, onlayn kurslar va o‘yin ichidagi narsalar kabi raqamli mahsulotlarga sarflash mumkin. Yangi valyuta Apple va Google’ning raqamli mahsulotlarni sotish talablariga javob beradi, bu esa dasturchilar va Telegram foydalanuvchilariga ilova ichida xarid qilish imkoniyatini beradi.

Kelajakda ishlab chiqaruvchilar botlar orqali olingan «Yulduzlar»ni Fragment platformasi orqali Toncoinga almashtira oladilar. Jismoniy mahsulotlar va xizmatlarni sotish qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, kelgusi yangilanishlarda Telegram kontent yaratuvchilarga sovg‘alar yuborish kabi yangi funksiyalarni qo‘shish orqali «Yulduzlar» imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Telegram’da foydalanuvchilarga haqiqiy yangiliklarni soxta yangiliklardan ajratishga yordam beruvchi Fact Check funksiyasi paydo bo‘lishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek