Yangiliklar

Turkiya va O‘zbekiston $10 milliardlik loyihalar portfelini shakllantirdi

O‘zRda Turkiyaning yuzdan ortiq tashabbuslari amalga oshirilmoqda
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir kun avval Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi chogʻida umumiy qiymati $10 milliardlik istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ayni paytda O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokida yuzdan ortiq loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash so‘nggi yillarda bir yarim barobar, investitsiyalar hajmi ikki yarim barobar oshdi.

Kecha O‘zbekiston prezidenti turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari tovar ayirboshlash hajmini $5 milliardga yetkazishga kelishib oldilar.