Xitoy O‘zbekistonga elektromobillar eksportini oshirmoqda

eʼlon qilindi
Aprel oyida mart oyiga nisbatan 90 foizga ko‘proq avtomobillar import qilingan
Rasm: Piqsels

Xitoy bojxona malumotlariga koʻra, joriy yilning aprel oyida xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilar Oʻzbekistonga 3337 ta elektromobil yetkazib bergan, bu mart oyiga nisbatan 90 foizga koʻp.

Pul ko‘rinishida Xitoy elektromobillarining O‘zbekiston Respublikasiga importi 71 foizga oshib, $36,2 milliondan $62,1 millionga yetdi.

2024-yil boshidan buyon mamlakatga $164,5 millionlik 8489 ta Xitoy elektromobili olib kirildi.

Avvalroq «Kursiv» bunday mashinalarning har chorakda importi 15 556 donani tashkil qilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek