Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida xabar berdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Von Do Yon Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Von Do Yon ishonch yorliqlari nusxalarini Baxtiyor Saidovga topshirdi.

«Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylarining mamlakatimizga boʻlajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik koʻrish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz oʻrtasidagi ananaviy yaqin aloqalarda yangi oʻsish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida etibor qaratdik. Janob elchiga Oʻzbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek