Mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak — Shavkat Mirziyoyev

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalarda futbol stadionlari qurish, ushbu sport turini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Futbol boʻyicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga eʼtibor berganimiz tufayli oʻzbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Yevropa jamoalarida legionerlarimiz koʻpaymoqda. Yoshlarimiz Olimpiadaga yoʻllanma oldi. Bu davomiy boʻlishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qoʻshimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qoʻllab-quvvatlash zarur”, dedi prezident.

Davlatimiz rahbari 7-iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Dilbogʻ mahallasida boʻldi. Mirziyoyev ushbu mahallada joylashgan poytaxt futbol akademiyasini koʻzdan kechirdi, sportchilar va ularning ustozlari bilan suhbatlashdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston olimpiya tema jamoasining Olimpiadadagi raqiblari ma’lum boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek