7-iyun kuni «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva oʻz Telegram kanalida ma’lum qildi.
Prezident yordamchisining ta’kidlashicha, ta’lim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri.
«Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin», deydi Mirziyoyeva.
Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan inson huquqlarini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.