Andijondagi “Dunyo sadolari” festivaliga Eminem va Tarkan kelmasligi ma’lum boʻldi
eʼlon qilindi
Bu haqda viloyat matbuoti xizmati xabar bermoqda
Andijon viloyati Xonobod shahrida boʻlib oʻtadigan «Dunyo sadolari» festivalida ishtirok etadigan yulduzlar roʻyxati ma’lum qilindi. Unda Tarkan, Modern Talking, Psy va Eminem roʻyxatdan olib tashlandi. Bu haqda viloyat matbuoti xabar bermoqda.
«Festivalga ushbu videodagi xonandalardan Inna va Arash taklif etildi. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Joni (Jony) ham festivalda ishtirok etadi. Bundan tashqari, oʻzbek estaradasining elimiz suygan yorqin yulduzlari festivalga tashrif buyurishlari kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» hokimlik matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videoga tayanib koʻplab mashhur xonandalar kelishi haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun festival iyul oyida boʻlib oʻtadi.