Yangiliklar

AQSh vizalarini rasmiylashtirishning yangilangan tizimidan O‘zR fuqarolari foydalanishi mumkin

U 10-iyundan kuchga kirdi
Rasm: KKulikov/Depositphotos

Joriy yilning 10-iyunidan boshlab AQSh vizasini rasmiylashtirishning modernizatsiya qilingan tizimi O‘zbekiston fuqarolari uchun mavjud bo‘ldi, deb xabar bermoqda Amerikaning O‘zRdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Shu kundan boshlab ais.usvisa-info.com portalida intervyuga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Uning yordami bilan arizachi vizalar haqidagi ma’lumotlarni ham bilib olishi va kuryer orqali hujjatlarni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Diplomatik missiyaning ta’kidlashicha, endi viza toʻlovi Tenge Bank filiallarida yoki veb-saytdagi bank kartasi yordamida qabul qilinadi.

Yangi tizimning joriy etilishi bilan kirish hujjatlarini rasmiylashtirish narxi oshmaydi, deya qoʻshimcha qildi Amerika diplomatik missiyasi.

O‘zR Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatimizning 13,3 ming fuqarosi AQShga turizm maqsadida tashrif buyurgan. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 16,6 ming edi.