Bozordagi vaziyat: oltin narxi bir oy ichida eng past koʻrsatkichga tushdi
eʼlon qilindi
Kumush narxi ham tushmoqda
Jahon bozorlarida oltin narxi bir unsiya uchun $2,3 mingdan pastga tushdi. Bu oylik minimal koʻrsatkichdir. Bu haqda «Trading economic» portal xabar bermoqda.
Kumush narxi ham bir unsiya uchun $29,4 gacha tushib ketdi.
Qimmatbaho metallar narxining pasayishiga AQSh iqtisodiy ma’lumotlarining e’lon qilinishi sabab boʻldi. Bu esa kutilganidan ham ijobiyroq boʻlib chiqdi. May oyida mamlakatda 272 mingta ish oʻrni paydo boʻldi, bu tahlilchilar kutganidan bir yarim baravar koʻpdir.
Qimmatli qogʻozlar bozorida esa JPMorgan (+1,63%), Intel (+1,38%) va 3M (+2,86%) qimmatli qogʻozlari qiymatining oʻsishi kuzatilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 7-iyun kungi bozorlardagi vaziyat haqida xabar bergan edi.