Dollar pasayishda davom etmoqda
eʼlon qilindi
Uning rasmiy kursi 12 634,92 so‘mni tashkil qildi
10-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 11,95 so‘mga arzonlashdi va 12 634,92 so‘mni tashkil qildi.
Bugun respublika banklari AQSh valyutasini 12 585 – 12 630 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12670 – 12710 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7-iyun kuni dollar 13 so‘mga arzonlashgan edi.
Avvalroq «Kursiv» iqtisodchilardan iyun oyi oxirigacha dollar kursi qanday bo‘lishi mumkinligini so‘ragan edi.