Yangiliklar

Elektromobilni xonadonda quvvatlash uchun tungi tarif joriy qilinadi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlgan yigʻilishda ma’lum qilindi
Foto: jingaping / depositphotos.com

O‘zbekistonda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlgan yigʻilishda malum qilindi.

Qayd etilishicha, quvvatlash uskunasiga hisoblagich oʻrnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qoʻllanadi. Koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi oʻrnatish mumkin boʻladi.

Shuningdek, davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi oʻrnatiladi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekistonda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetdi. Bugungi kunda Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini oʻrnatish yanada osonlashishi haqida xabar bergan edi.