Toshkentdagi «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinidagi yer osti tunnelida elektr simlarida qisqa tutashuv natijasida kuchli tutun paydo bo‘ldi. Hozirda yongʻin oʻchirildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:15 da yetib borib, soat 09:08 da qurshab olingan va hodisa soat 09:15 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash hodisa avvalroq o‘tgan yilning noyabr oyida kuzatilgan edi.
«Kursiv» avvalroq o‘z veb-saytida voqea aks etgan surat va videoni joylashtirgan edi.