“Ipoteka bank” kuzatuv kengashi 2023-yil uchun dividendlar toʻlamaslikni tavsiya qildi

eʼlon qilindi
Qaror iyun oyining boshida qabul qilingan
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Korporativ axborot portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga koʻra, joriy yilning 5-iyun kuni «Ipoteka bank» kuzatuv kengashi aksiyadorlarga 2023-yil uchun dividendlar toʻlamaslikni tavsiya qildi.

Oʻtgan yili bankning sof foydasi 818,9 milliard soʻmni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 29,2 foizga kamdir.

Moliyaviy tashkilotning foiz daromadlari 22,3 foizga oshib, 7,9 trillion soʻm boʻldi. Foizsizlari esa 17,3 foizga kamayib, 2,9 trillionni tashkil qildi.

«Ipoteka bank»ning kredit portfeli yillik oʻsish 14,1 foizni tashkil etib, 37,3 trillion soʻmga yetdi.

Avvalroq «Ipoteka bank» 2024-yilning birinchi chorakdagi sof foydasining pasayish sababini tushuntirgan edi.

Shuningdek