«Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida yer ostidan kuchli tutun chiqmoqda
«Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida yer ostidan kuchli tutun chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.
Stansiya ichida yonish hidi bor va tutun ko‘rinadi. Ayni paytda (10-iyun soat 9:00 holatiga ko‘ra) metro bekatiga kirish fuqarolar uchun yopiq. O‘t o‘chirish mashinalari kuchli tutun chiqayotgan hudud yaqinida joylashgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni bayonot berdi. Toshkent metropolitenining Telegram-kanalida voqea haqida quyidagi ma’lumotlar e’lon qilindi: «Yuzaga kelgan ushbu yong‘inning metropoliten tizimiga bog‘liqlik holati mavjud emasligini, shu bilan birga, “Kosmonavtlar» bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotganini ma’lum qilamiz”.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Toshkentda taxminan xuddi shu hududda kuchli tutun chiqqan edi. Buning sababi qisqa tutashuv edi.