Yangiliklar

«Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida yer ostidan kuchli tutun chiqmoqda

Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni bayonot berdi
Foto: Vadim Yerzikov / «Kursiv»

«Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida yer ostidan kuchli tutun chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.

Stansiya ichida yonish hidi bor va tutun ko‘rinadi. Ayni paytda (10-iyun soat 9:00 holatiga ko‘ra) metro bekatiga kirish fuqarolar uchun yopiq. O‘t o‘chirish mashinalari kuchli tutun chiqayotgan hudud yaqinida joylashgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent metropoliteni bayonot berdi. Toshkent metropolitenining Telegram-kanalida voqea haqida quyidagi ma’lumotlar elon qilindi: «Yuzaga kelgan ushbu yong‘inning metropoliten tizimiga bog‘liqlik holati mavjud emasligini, shu bilan birga, “Kosmonavtlar» bekatidagi barcha qurilmalar normal holatda ishlayotganini ma’lum qilamiz”.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/06/video2-1.mp4

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Toshkentda taxminan xuddi shu hududda kuchli tutun chiqqan edi. Buning sababi qisqa tutashuv edi.