Londonliklar o‘zbek palovi bilan mehmon qilindi

eʼlon qilindi
Ushbu taomdan 2 tonna tayyorlandi
Rasm: raw/Depositphotos

8 va 9-iyun kunlari Londonda O‘zbekiston madaniyati va milliy taomlariga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Marosim «Tauer bridj» yaqinidagi xiyobonda bo‘lib o‘tdi.

Festival mehmonlari mamlakatimiz madaniyati va sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishishdi. Ular uchun ikki tonna palov ham tayyorlandi.

Ikki kun davomida tadbirda 30 mingdan ortiq kishilar qatnashdi. Ular orasida Britaniya biznes vakillari, madaniyat arboblari, jurnalistlar, xorijlik sayyohlar bor.

Festival O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi, Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning boshqa idora va tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi.

Avvalroq «Kursiv» bu yil Navro‘z Buyuk Britaniyaning Sandxerst harbiy akademiyasida nishonlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek