Kriptoaktivlarni noqonuniy sotgan talaba 10 kunga qamaldi

eʼlon qilindi
Yigit Telegram tarmog‘idan kriptoaktivlarni yig‘ib, 800 ming so‘mga sotgan
Rasm: depositphotos.com

7-iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi Termiz davlat universitetining 24 yoshli talabasiga Notcoin kriptovalyutasini noqonuniy ravishda sotganligi uchun hukm chiqardi. «Kursiv»da sud qarorining nusxasi bor.

Qarorda aytilishicha, yigit Telegram tarmog‘idan kriptoaktivlarni yig‘ib, 800 ming so‘mga sotgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida I.N. MJtK 155-4-moddasining (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq «Kursiv» litsenziyasiz birjalarda kriptovalyuta sotib olish endi qamoqqa olib kelishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek