Bolgariya o‘zbekistonlik oshpazlarni ishga taklif qilmoqda
Ingliz yoki rus tilini biladigan oshpaz hamda xona tozalovchilar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oshpazlarga milliy va Yevropa taomlarini tayyorlash, mangalda va tandirda ishlashni bilish, oshpazlik boʻyicha sertifikat, diplom, guvohnoma hamda kamida 3 yillik ish tajribasi talab qilinadi.
Xona tozalovchilar uchun mehmonxona xonalarini tozalash, choyshablarni yangilash, tozalikka rioya qilish kerak boʻladi.
Umumiy talablar:
22 – 45 yosh (ayol/erkak);
sudlanmagan:
kamida 3 yillik tajriba.
Yotoqxona, ish ruxsatnomasini roʻyxatdan oʻtkazish, ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi hisobidan. Agentlik xizmati, viza va aviachipta, oʻqitish va koʻniktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi toʻlov fuqaro hisobidan.
Ish haqi:
Xona tozalovchi – $680 (soliqlar ushlangandan keyin);
Oshpaz – $970 (soliqlar ushlangandan keyin).
Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar quyidagi havolar orqali 10-iyun soat 14:30 dan 23:59 ga qadar roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Oshpazlik uchun roʻyxatdan oʻtish.
Xona tozalovchilik uchun roʻyxatdan oʻtish.