O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $36,6 milliardga yetdi
Respublika Markaziy banki (MB) ma’lumotlariga koʻra, 2024-yil iyun oyi boshida Oʻzbekistonning oltin-valyuta aktivlari $36,6 milliardga baholangan, bu bir oy avvalgiga nisbatan $1,5 milliardga koʻpdir.
Oy davomida valyuta zaxiralari 15,5 foizga oshib, $9,26 milliardni tashkil etdi.
Shu bilan birga, qimmatbaho metalning jismoniy hajmi bir oy davomida 11,5 million troy untsiyadan 11,4 million untsiyagacha kamaydi. Ammo jahon bozorida oltin narxi ko‘tarildi, shuning uchun zaxiralar dollar hisobidagi 1,1 foizga oshib, $26,8 milliardni tashkil etdi.
2024-yilning to‘rt oyida O‘zbekiston xorijga $3,4 milliardlik oltin sotdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga ko‘p).
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida 943,8 kg qimmatbaho metall sotilganini yozgan edi. Yil davomida bu ko‘rsatkich qariyb 5 barobar oshdi.