Telegram asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyoga keladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Durov oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi
                    
                            
Telegram asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi. Bu haqda Durov oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Telegram bosh direktori sifatida men ta’tilga chiqmayman. Buning oʻrniga foydalanuvchilarimiz bilan gʻayrioddiy joylarda uchrashish orqali ishlashni davom ettiraman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qandayligini koʻrishga, odamlar Telegramdan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini oʻrganishga qaror qildim», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Telegram’dan eng ko‘p foydalanadigan davlatlar qatoriga kiradi.
Avvalroq «Kursiv» Telegram «Yulduzlar» raqamli valyutasini sotuvga chiqarishi haqida xabar bergan edi.
