Yangiliklar

Telegram asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyoga keladi

Bu haqda Durov oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: MuhammadAlimaki / depositphotos.com

Telegram asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi. Bu haqda Durov oʻzining Telegram kanalida malum qildi.

«Telegram bosh direktori sifatida men tatilga chiqmayman. Buning oʻrniga foydalanuvchilarimiz bilan gʻayrioddiy joylarda uchrashish orqali ishlashni davom ettiraman. Bu yozda men Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qandayligini koʻrishga, odamlar Telegramdan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini oʻrganishga qaror qildim», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Telegram’dan eng ko‘p foydalanadigan davlatlar qatoriga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» Telegram «Yulduzlar» raqamli valyutasini sotuvga chiqarishi haqida xabar bergan edi.