Yangiliklar

AQSh va O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish uchun qo‘shma platforma ochishni rejalashtirmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga eng ezgu tilaklarini yetkazdi
Foto: ognjen1234 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSH prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar Air Products, Coca-Cola, Citibank, Visa va boshqa koʻplab AQShning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

Foto: Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, «C5+1» formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolari AQSh vizalarini berishning yangilangan tizimidan foydalanishlari mumkinligini yozgan edi.