
Neft narxi bir kun oldin sakrashdan keyin barqarorlashdi, deb xabar bermoqda «Trading economics».
Seshanba kuni ertalabki holatga ko‘ra, Brent neftining bir barrel narxi taxminan $81,5, WTI esa taxminan $78 tashkil qiladi. Bir kun oldin narxlar mos ravishda 2,5 foiz va 3 foizga ko‘tarildi. Sababi, bu yozda xom ashyoga bo‘lgan talab ortishi kutilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi vaziyat Apple (-2,09 foiz) va Visa (-1,39 foiz) aksiyalari narxining pasayishi bilan belgilanadi. Amazon aksiyalari qimmatlashmoqda (+1,41 foiz).
Avvalroq «Kursiv» 10-iyun kuni bozordagi vaziyat haqida yozgan edi.