O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida 11-iyun kuni dollar kursi 12 600 so‘mdan pastga tushib, 12 598,05 so‘mga yetdi.
Bugun O‘zR banklari AQSh valyutasini 12 550 – 12 615 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12640 – 12695 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi 12 600 so‘mdan pastga tushib ketgan edi. Masalan, 31-may kuni dollarning narxi 12 599,85 so‘mni tashkil qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» ekspertlar bilan Amerika valyutasining pasayishi sabablari, shuningdek, valyuta kursi prognozlari haqida gapirgan edi.