Navoiy viloyatida dahshatli YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Hodisa Navbahor – Nurota avtomobil yo‘lida sodir bo‘ldi
                    
                            
9-iyun kuni Navoiy viloyatining Navbahor – Nurota avtomobil yo‘lida Chevrolet Onyx mashinasi haydovchisi Damasni quvib o‘tmoqchi bo‘lganda qarama-qarshi tomondan kelayotgan Jentra mashinasi bilan to‘qnashgan. Fojiada Chevrolet Onix’dagi 5 kishi va Jentra haydovchisi hayotdan ko‘z yumgan, deb xabar beradi Navoiy IIB.
Noxush avariya Chevrolet Onix avtomobilining haydovchisi, uning onasi, xotini, ikkita bolasi va Jentra haydovchisining umriga zomin bo‘ldi.
Hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda Cobalt va Equinox ortilgan avtotreyler YTHga uchraganini e’lon qilgan edi.
