Oʻzbekistonda may oyida ikkilamchi uy-joylar narxi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,3 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) xabar berdi.
Ikkilamchi uy-joy narxlari asosan Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 18,7 foizga oshgan. Toshkent shahrida bu koʻrsatkich yil davomida 11,1 foizga oshgan.
May oyida respublika boʻyicha jami 21,6 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomalari tuzildi. Yil davomida bitimlar soni esa 15,2 foizga kamaydi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda ipoteka uy-joylarini sugʻurtalash boʻyicha talablar bekor qilingani haqida xabar bergan edi.