Tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelayotgan chet fuqarolarining soni ortdi
2024-yilning yanvar-aprel oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga bilan taqqoslaganda 24,4 ming nafarga koʻp yoki 2,7 baravarga oshganini koʻrish mumkin.
Mazkur davr mobaynida eng koʻp Turkmaniston – 23,5 ming nafar fuqarolari tashrif buyurdi. Keyingi oʻrinlardan Tojikiston – 11 ming nafar hamda 1100 nafar bilan Afgʻoniston joy oldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-aprel oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 1,2 mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning I choragida Oʻzbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.