O‘zbekistonda Amerikaning 30 Seconds to Mars rok guruhining konserti uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Tadbir 17-oktabr kuni «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadi.
Guruh «Seasons World Tour 2024» doirasida sahnaga chiqadi, bu o‘zlarining oltinchi studiyaviy albomi «It’s The End Of The World but It’s A Beautiful Day» chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Chipta narxi 500 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha. Fan-zonada chiptalar narxi 1,15 mln so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatida Inna va Arash ishtirokida «Dunyo sadolari» musiqa festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.