Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri keladi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» Qurbon hayiti Ramazon oyi tugaganidan keyin 70-kundan soʻng nishonlanishini yozgan edi. Har yili bayram sanasi, oy taqvimiga koʻra, taxminan 10 kunlik farq bilan oʻzgaradi.