Yangiliklar

“Qambar-ota-1” GESi qurilishi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tuzildi

Uning ishtirokchilari orasida Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bor
Rasm: samotrebizan/Depositphotos

«Qambar-Ota-1» GESini qurish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi donor qoʻmita tuzildi, deb xabar qildi Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati. Uning tarkibiga Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB) va boshqa global moliyaviy institutlar kirdi.

Qo‘mita tuzish to‘g‘risidagi qaror Venada bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumida qabul qilindi. Tadbir davomida Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan «Qambar-Ota-1» loyihasi bo‘yicha hamkorlik shartnomasini ham imzoladi.

2023-yil kuzida Bishkek GES qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun $7 millionga yaqin mablag‘ ajratishi ma’lum bo‘lgandi. Rossiya hukumati va OTB tashabbusga qiziqish bildirishgan.

MDH Elektr energetika kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Taras Kupchikovning fikricha, «Qambar-Ota-1» va Markaziy Osiyodagi atom elektr stansiyalari mintaqadagi energiya taqchilligini bartaraf etishga yordam beradi.

Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlariga an’anaviy va yashil energiya uchun qariyb $20 mlrd sarmoya kerak.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yilda Shahrisabzda uchta GES qurish rejalashtirilganini e’lon qilgan edi. Ularning umumiy quvvati 24 MVtni tashkil qiladi.