Qashqadaryoda «Hisorak» suv omboridan suv sizib chiqdi, lekin vaziyat nazoratga olingan – video
10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan «Hisorak GES» UK boshqarmasiga qarashli «Hisorak» suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida «Oʻzbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirlgi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hurmatli fuqarolar ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
«Hisorak» suv ombori bilan bogʻliq xabarlar yuzasidan Shahrisabz tumani hokimi va Qashqadaryo viloyati FVB rahbari suv ombori yonidan videomurojaat qilib, holat yuzasidan tushuntirish berishdi.