Bugun, 11-iyun kuni Tojikistonda 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, uning aks sadolari Surxondaryo viloyatida sezildi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzlila Toshkent vaqti bilan soat 9:13 da yuz berdi. Yer silkinishing kuchi Sho‘rchi tumanida 2-3 ballga yetdi. Uzun, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Jarqo‘rg‘on, Denov, Bandixon tumanlarida 2 ballga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Surxondaryo viloyatida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.