Yangiliklar

Surxondaryoda Oʻzbekiston va xitoylik arxeologlar shahar xarobalarini topdi

Shaharga ikki ming yil boʻlgan
Foto: Madaniy meros agentligi

Samarqand arxeologiya instituti va Xitoyning Shimoli-gʻarbiy universiteti arxeologlari yoshi ikki ming yil boʻlgan qadimiy shahar xarobalarini aniqladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, agentlik ma’lumotlariga koʻra, toʻrt ming yil oldin dafn qilingan qabrlar ham aniqlagan.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Chinortepa yodgorligi hududida qazish ishlari olib borilmoqda. Arxeologlarning fikricha, topilmalar kangyuy, kushon va yuechji (massaget) davrlariga tegishli boʻlib, miloddan avvalgi II asrdan eramizning III asriga toʻgʻri keladi.

Avvalroq «Kursiv» Surxondaryoda mahalliy aholi tomonidan qiymati 23 milliard soʻmlik me’moriy obida vayron qilingani haqida xabar bergan edi.