UZBAT dividendlar to‘lash uchun 554,5 mlrd so‘m ajratadi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Apple aksiyalari 2 foizga tushdi
                    
                            
Korporativ axborot portalida e’lon qilingan ma’lumotlarga koʻra, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi UZBAT 2023-yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlash uchun 554,5 mlrd soʻm ajratadi.
Bu haqda kompaniya aksiyadorlari 7-iyun kuni bir ovozdan qaror qabul qildi. Dividendlarni to‘lash muddati ham tasdiqlandi – 12-iyundan 6-avgustgacha.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida UZBAT aksiyadorlari dividendlar to‘lash uchun 359,4 mlrd so‘m ajratishga qaror qilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshida «Ipoteka banki» kuzatuv kengashi o‘tgan yil uchun dividendlar to‘lamaslikni tavsiya qilganini yozgan edi.
