Yangiliklar

Xitoylik bolalar O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini ziyorat qilishlari mumkin

Jumladan, Xiva va Samarqand
Rasm: «Ya- Roditel»

Xitoylik bolalar O‘zbekistonning qadimiy shaharlari – Buxoro, Samarqand va Xivaga tashrif buyurishga taklif qilindi, deb yozadi «Dunyo» axborot agentligi.

Bu tashabbus O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi vakillari tomonidan Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ilgari surildi.

O‘zbekiston har yili Xitoydan 1 mln sayyohni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Xitoylik mehmonlar oqimining ko‘payishiga O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonining kamligi to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zR Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatga 10 ming xitoylik sayyoh tashrif buyurgan. 2023-yilda O‘zbekistonga Xitoydan 42,5 ming sayyoh kelgan.

Avvalroq «Kursiv» Samarqand maktablari bitiruvchilari Sankt-Peterburgdagi «Qizil yelkanlar»ga borishi haqida e’lon qilgan edi.