Yangiliklar

YUNESKO Oʻzbekistonda suv toshqinlari haqida ogohlantirish tizimlarini oʻrnatishga yordam beradi

Bu haqda YUNESKO bosh direktori Odri Azule ma’lum qildi
Foto: Floodlist

Markaziy Osiyoning uchta davlati – Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda muzliklarning erishi tufayli suv toshqini haqida ogohlantirish tizimlari oʻrnatiladi. Bu haqda «TASS» nashri YUNESKO bosh direktori Odri Azulening so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

Unga koʻra, joriy yilning yozida tizimlar Oʻzbekistondagi Pskom va Qozogʻistondagi Talgar daryolari havzalarida paydo boʻladi. Shuningdek, bunday ishlar Tojikistondagi nomi keltirilmagan suv ombori yaqinida amalga oshiriladi.

Bu haqda Azule Dushanbeda boʻlib oʻtgan «Suv barqaror rivojlanish uchun» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

Shuningdek, YUNESKO rahbari 2050-yilga borib tashkilot roʻyxatiga kiritilgan muzliklarning uchdan bir qismi yoʻq boʻlib ketishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» 2025-yilga borib YUNESKO Markaziy Osiyodagi muzliklar xaritasini tuzishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.