«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ joriy yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — «Nasaf», «Sharq», «Oʻzbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.
Misol tariqasida, 12, 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yoʻnalishi avvalgi narxlari:
Ekonom — 150,6 ming , biznes 218,2 ming soʻm. Hozirgi narx: ekonom — 178,2 ming , biznes — 262,8 ming soʻmni tashkil qilmoqda.
Qayd etilishicha, narxlarning oʻzgartirilishiga yoʻlovchi poyezdlarda qoʻshimcha servis xizmatlarini joriy etish, yoʻlovchi vagon parklarini yangilash, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «The Samarkand Expres» sayyohlik poyezdi Oʻzbekistonda 2026-yilda paydo boʻlishi haqida xabar bergan edi.