12-iyun kuni respublikaning Farg‘ona vodiysidan tashqari quruq va issiq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 12-iyun kuni poytaxtdan farqli o‘laroq O‘zbekistonning har bir viloyatida kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor. Farg‘ona vodiysining viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 34-39 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Toshkent sharida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 35-37 daraja issiq, kechasi esa 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 23-28 daraja iliq va kechasi 10-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek