Chorshanba kuni Toshkentning qaysi mahallalarda gaz o‘chadi

eʼlon qilindi
10:00 dan 17:00 gacha
Rasm: Piqsels

12-iyun, chorshanba kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi uchta mahalla gazsiz qoladi, deb xabar berdi mahalliy hokimlik.

Soat 10:00 dan 17:00 gacha Navqiron, Olchazor va Yangi Darxon mahallalarida gaz bo‘lmaydi.

Bu vaqtda u yerda resurs iste’moli hisoblagichlari almashtiriladi.

Avvalroq «Kursiv» 4-iyun kuni Toshkentda gaz uzilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek