
12-iyun, chorshanba kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi uchta mahalla gazsiz qoladi, deb xabar berdi mahalliy hokimlik.
Soat 10:00 dan 17:00 gacha Navqiron, Olchazor va Yangi Darxon mahallalarida gaz bo‘lmaydi.
Bu vaqtda u yerda resurs iste’moli hisoblagichlari almashtiriladi.
Avvalroq «Kursiv» 4-iyun kuni Toshkentda gaz uzilishi haqida yozgan edi.