
O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida 12-iyun kuni dollar kursi deyarli 23 so‘mga ko‘tarilib, 12 621,01 so‘mga yetdi.
Bugun O‘zR banklari AQSh valyutasini 12 540 – 12 585 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 610 – 12 670 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dollar o‘tgan haftaning payshanba kunidan pasayish tendensiyasini ko‘rsatgan edi. Demak, bugun, 12-iyun kuni dollar deyarli bir hafta ichida birinchi marta ko‘tarildi.