Yangiliklar

«Gap»ga yig‘ilgan xotin-qizlar IT-sohasidagi imkoniyatlarni muhokama qilishdi

Tadbir davomida ishtirokchilar kichik ideaton musobaqalarda ishtirok etishdi

Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Monomarkazda «Gap» ayollar IT-klubining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda 160 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda my.gov platformasidan foydalanish, bepul ta’lim, IT-sohasida imkoniyatlar kabi turli mavzular muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida ishtirokchilar kichik ideaton musobaqalarda ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun: «Gap» ayollar IT-klubi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusida IT Park hamkorligida 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – IT sohasiga mamlakat xotin-qizlarini jalb qilish va ularning sohadagi ulushini ko‘paytirishdan iborat.

Avvalroq «Kursiv» qancha qizlar ta’lim olish uchun davlat grantlarini olishlari mumkinligini e’lon qilgan edi.