Havoning ifloslanishi 135 mln odamning oʻlimiga sabab boʻldi — singapurlik olimlar
Havoning ifloslanishi 1980-yildan 2020-yilgacha 135 million insonning bevaqt oʻlimiga sabab boʻldi. Bu haqda «South China Morning Post» nashri Singapurning Nanyang universiteti olimlari tadqiqotiga tayanib xabar bermoqda.
Gap PM2,5 mayda zarrachalari haqida ketmoqda, u chang va avtomobillar va zavodlar chiqindilaridan hosil boʻladi. PM2,5 qon aylanish tizimiga kirib, insult, saraton, yurak va oʻpka kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Iqlim oʻzgarishi havoga qoʻshimcha salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu davrda Osiyo qit’asida 98 milliondan ortiq oʻlim sodir boʻlgan. Eng koʻp o‘lim holatlari Bangladesh, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Pokiston va Yaponiyada qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan me’yordan muntazam oshib bormoqda.