"JCH – 2026" saralashi. Oʻzbekiston Eron bilan durang qayd etdi

eʼlon qilindi
Ikki jamoa ham keyingi bosqichga yoʻl oldi
Foto: O‘FA

Futbol boʻyicha Eron va Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasidagi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash turniri ikkinchi bosqichining soʻnggi uchrashuvi durang bilan yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida darvozalar ishgʻol etilmadi. Ikkinchi boʻlimda ham terma jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Shu tariqa uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Eron ham, Oʻzbekiston ham 14 ochko bilan «JCh – 2026» saralashining uchinchi bosqichiga yoʻl oldi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston U23 terma jamoasi Olimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari 26-iyuldan 11-avgustgacha Parijda boʻlib oʻtadi.

Shuningdek