Yangiliklar

My.gov.uz da uzilishlar kuzatilishi mumkin

12-iyundan 14-iyungacha
Rasm: My.gov.uz

12-14-iyun kunlari my.gov.uz (YMIH) saytidagi «Yagona milliy ijtimoiy himoya» tizimi faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin, deb xabar berdi onlayn platforma matbuot xizmati.

Texnik nosozliklar sababi «Yagona milliy ijtimoiy himoya» tizimidagi profilaktika ishlaridir.

Joriy yilning 12-iyun holatiga ko‘ra, my.gov.uz’ga kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 11,3 millionga yetdi, mobil ilova orqali – 1,9 mln nafar Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari aholisi portal xizmatlaridan faol foydalanmoqda.

Murojaatlarning asosiy ulushi jismoniy shaxslardan – 99,26 foiz, yuridik shaxslardan – 0,74 foiz.

Avvalroq «Kursiv» 11-iyun kuni Payme to‘lov tizimida nosozliklar yuz bergani haqida e’lon qilgan edi.