Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari boshlandi

eʼlon qilindi
12–13-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi.

«Bugun mamlakatimizda katta shodu xurramlik bilan boshlanayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari qardosh ozar zaminida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston madaniyati kunlarining uzviy davomi boʻldi», dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, Madaniyat kunlari Oʻzbekiston aholisiga Ozarbayjon san’ati, adabiyoti va milliy an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda.

Ozarbayjon davlat axborot agentligi xabar berishicha, 12-iyun kuni Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida «Ozarbayjon milliy merosi san’at durdonasi» koʻrgazmasi ochiladi. Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Ozarbayjon davlat «Yugʻ» teatrining «Men bu men» spektakli namoyish etiladi.

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik teatri sahnasida Ozarbayjon Davlat akademik opera va balet teatrining «Arshin mal alan» operettasi namoyish etiladi.

Shuningdek, 13-iyun kuni Toshkentdagi Haydar Aliyev markazida ozarbayjonlik yozuvchi Mamed Said Ordubadiyning «Qilich va qalam» kitobining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda Ozarbayjonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtgan.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vaziri bilan qoʻshma loyihalarni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek