Oʻzbekistonda Qurbon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari eʼlon qilindi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Toshkent shahrida soat 05:10 da oʻqiladi
                    
                            
Oʻzbekiston jome masjidlarda 2024-yil 16-iyun yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi. Musulmonlar idorasi tomonidan Qurbon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari e’lon qilindi.
Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
- Andijon 05:00
 - Namangan 05:00
 - Fargʻona 05:00
 - Toshkent sh. 05:10
 - Toshkent v. 05:15
 - Sirdaryo 05:15
 - Jizzax 05:15
 - Samarqand 05:20
 - Surxondaryo 05:20
 - Qashqadaryo 05:25
 - Navoiy 05:25
 - Buxoro 05:30
 - Xorazm 05:45
 - Qoraqalpogʻiston Res. 05:50
 
Qayd etilishicha, ushbu vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tongi soat 03:00 dan ish boshlashi haiqda xabar bergan edi.