Qanot Sharq Namangandan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Parvozlar haftasiga ikki marta tashkil qilinadi
Foto: Piqsels

11-iyundan boshlab «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Namangandan Istanbulga parvozlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shaharlar oʻrtasidagi reyslar haftasiga ikki marta seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

12-iyun holatiga koʻra, aviachipta narxi ekonom-klassda 3,5 million soʻmdan, biznes-klassda esa 6,8 million soʻmdan boshlanadi.

Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 34,4 ming nafar fuqarosi Turkiyaga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu raqamlar 2023-yilda 187,7 ming nafarni tashkil qilgan.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi oxirida Qanot Sharq Toshkent va Budapesht oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek