Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosidan foydalanish bepul boʻladi

Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni ish faoliyatini odatdagidan ikki soat oldin boshlaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar bermoqda.
16-iyun – Qurbon hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.
Qurbon hayiti bayrami kunida barcha yoʻlovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd keltirilgani haqida xabar bergan edi.